Namoz payti farzandim turib oladi
Assalomu alaykum! 2 yarim yoshli va 10 oylik farzandlarim bor. Namoz o‘qiyotgan paytim ular yonimga kelib yo joynamozga sajda qiladigan joyga yotib olishadi yoki joynamozni kesib o‘tib ketishadi. Sajdaga borayotgan paytim ularni chetga olib qo‘yib keyin sajda qilaman. Bazida kichkina farzandim to‘satdan yig‘lab yuborsa bexosdan u tomonga o‘girilib yuboraman, faqat boshimni o‘zi buriladi. Savolim shu xolatlarda namozim buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Surib olib qo‘yib sajda qilavering. Buzilmaydi lekin nojoiz ishni qilgan bo‘lasiz. Ko‘z qirini tashlashingiz joiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 146 | Namoz