Qarz va omonat
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu shayx hazratlari. Iltimos savolimga javob bersangiz! Savol: Bir birodarimga oz-muncha qarz bergan edim, u menga qaytarib berayotgan edi, men unga "Pul senda omonat tursin" deb berdim. U pulni pasportiga solib chuntagiga tiqdi. Namoz o‘qigani masjidga kirdik. Masjiddan chiqsak, pul bilan birga kurtkasini o‘g‘irlashibdi. Allohga hamdlar bo‘lsin, u namozni yaqinda boshlaganiga qaramay, Allohning madadi ila sinovga sabr bilan turib berdi. Hozir men pulga juda muhtojman, birodarim esa juda badavlat. Omonatni qaytaraman deb turibdi. Men o‘sha omonatimni qaytarib olishga haqqim bormi? (Aslida u mendan qarz so‘ramagan edi, unga zarur bo‘lgani uchun o‘zim berdim.)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aslida, omonatni to‘lab berilaydi. Ammo u kishi o‘zi rozi bo‘lib, sizga yaxshilik qilsa, o‘zining ishi.
2 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar