Oq bo‘lish kechiriladimi

Assalomu alaykum! Xurmatliy ustozlar birinchi marta sizlarga boglanishim 3 yildan beri kuzatib kelaman va juda kop ilm oldim undanda koproq biz to‘g‘ri yashashni xalol xaromni oyilaviy muomila va munosobotni organdik qoni qoshni qarindoshlar bilan oldi berdi va aloqalarni shu 3 yil mobaynida togirlab keldik va tushindimkiy otamga oq bolgan bolmaganligimni aniqlashim kerak ekan SAVOL bundan 15 yillar oldin dadam ichardilar kelib xammani sababsiz urardi ayniqsa onamni qoshni erkaklar bilan yurasan deb boxona qilardi ertasiga xech narsa bolmaganday yuraverardi ishonish qiyin lekin xar 2 kunda janjal edi osha paytlar 15 yoshlarda edim keyin sal otib kuchga tolib dadamni boglab qoyadigan boldim bu orada juda kop marta birdaniga bostirib kelgan paytlari dadam bilan mushtlashib ketkanmiz bu albatta qol kotarishdir endi oylab korsam ular shu darajada tubanlik va iflos sozlar eken mayli u yogini yozmayman afsuskiy osha paytlar zarracha ilmim va bu xaqida malumotlar menda yoq ekan keyin dadam qoshnilarga maxallani kozga koringan akalarga meni yomonlab arz qiladigan boldi va uydagi ishlar kochaga tarqaydigan bop qoldi oxirgi 7 yokiy 8 yillarda 2 ogil 1 qiz juda kop ota onamizni tinchlantirishga xarakat qildik va bunga erishdik 16 yoshlarimda rozgorni boynimga oldim ukam va singlim yordami bilan 3 yil oldin sizlardan va internetdan ilm olishni namoz oqishni va roza tutishni boshladim xozir uyimiz nurga tolgan singlimni uzatganmiz va yaqinda ozimxam uylandim va farzandliy boldim ota onam juda xursand ota onanga yaxshilik qil xadisini oqigandan beri ularni extyot qilyabmiz sharoyitlari zor xar kuni ikki ogil ishga ketarda onam otirgan joyida dadam moshinamni oldiga kelib duo qiladilar (ichkilikni tashlaganlar) qisqasi xayot zor bobketti dadam esa xozir ogzidan chiqqanini muxayyo qilyabman bazi paytlar ozimxam xavas qilaman u kishiga maxalladayam obrusi oshib qoldi endi Ustozlar bu masalaning xukmi va echimlarini ayting iltimos batafsilroq oq bolganmanmi bolsam kechirilganmanmi axir xozir otam bizni juda yaxshi koradi yokiy yana qandaydir amallar va yollar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar hozir sizdan xursand va rozi bo‘lsalar oqq bo‘lgansiz deyilmaydi. Siz ularni ko‘ngillarini yanayam ko‘proq olib ko‘p xizmatlarini qilib duolarini oling. Oilaviy toat ibodatda bardavom bo‘lib xonadoningiz yanada nur barakaga to‘lsin! Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar