Frilanserlik xalolmi

Assalomu alaykum! Bilamizki xozirgi kunda yangi ish, kasblar paydo bo‘lmoqda, masalan Frilanserlik kasbi. Frilanser dunedagi barcha joydan ish topib ishlashi mumkin, Musulmonlardan xam, Yaxudiylardan xam, Ateistlardan xam shu qatori xar xil dindagi odamlardan xam ish oladi. Savolim shundayki: Bu Frilanserlik qilib pul topayotganlarning ishi halolmi yoki harom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat harom qilmagan ish bo‘lsa va din dushmanlarini tijoratlarini rivojlantirmasangiz, ishlasangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar