Namoz va taxorat

Assalomu alaykum! Namozlarimni ado etaman, chunki kasalligim bisyor. Yoshim 23 da. Prostata, gemorroy kasallarim bor. Yana qornim ko‘p og‘rib, xojatga o‘taveraman. Jinsiy a’zolarimni yuvsam siydik tomib turadi. 1 kunda 5 marta o‘taman va yuqoridagidek holat qaytariladi. Choy ichsam ham o‘tadigan bo‘lib qoldim. Tahorat olmayman, tayammum bilan namozlarimni o‘qiyman. Vadiy deb nomlanuvchi narsa ham a’zoimdan doim kelib turadi. Shunda ham azoni yuvish kerakmi yoki tayammum bilan o‘qib yuraveraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tayammum qilib o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:15 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar