Bo‘ydoqlikda ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Bo‘ydoqman, uylanishga sharoit yo‘q deb nolimayman. Ammo bazi bir sabablarga ko‘ra uylanishni biroz keynga surib turibman. Sizlarning bo‘ydoqlarga bergan maslahatlaringizga amal qilishga harakat qilyapman. Lekin muammo shundaki foydasi bo‘lmayapti. Qo‘l zinosidan va behayo videolardan o‘zimni tutib turolmayapman. Men qilgan barcha usullarni sizga sanab o‘tsam: - Ro‘za tutdim. 10-14 kunlab ketma-ket to‘xtatmasdan ro‘za tutdim. Ammo shayton hiyla qilib kunduz kuni emas, tunda vasvasa qilyapti. Barchasi Iftorli va saharlik vaqti orasida bo‘lyapti. Maksimum borsam 14 kun chiday olyapman, ammo keyn yana qo‘l zinosi va behayo videolar..... - Agar masturbiratsiya qilsam $... miqdorda pul exson qilaman yoki Alloh yo‘lida sarf qilaman deb vada berdim. Pul ham toxtata olmadi. Qarzlarim ko‘payib to‘la olmay bo‘ynimda yuk bo‘lgani qoldi - Bu jirkanch ishlarni qilib qo‘ygandan so‘ng albatta tavba qilaman, yana bir imkon berishini Allohdan so‘rayman. Ammo uzoqga bormayman. Yana tavba namozini o‘qib kechirim so‘rayman. Allohdan chin dildan so‘rayman, lekin berilgan sino‘vdan o‘ta olmay qiynalyapman. Istigfor aytaman, ko‘p aytaman shoyad gunohim yana bir bor kechirilsa. To‘g‘risini aytsam yuzimda bet qolmadi tavba qilaverganimdan. Oddiy xolatdek bo‘lib qoldi men uchun tavba. Chin tavba qilishga harakat qilaman, lekin hayollarim shunaqangi buzuqligidan tunlari uxlay olmayman. Allohdan kuch va quvvat berishini, shu gal oxirgi chin tavbam bo‘lishini so‘rayman. O‘zimdan o‘zim xoxlamasam ham shu ishlarga qo‘l urganimni chunmay qolyapman. Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari sizlardan batafsil bo‘layotgan xolatni tushuntirib orada behayo so‘zlarni ishlatganim uchun uzur so‘rayman. Barchasi sizga to‘liq ma’lumotni etkazish uchun. Bu savolning turini shahsiy qilmoqchi edim, lekin fikrimdan qaytdim. Balkim menga o‘xshagan yigitlar o‘qisa ular ham tog‘ri maslaxatlaringizdan olishar degan maqsadda savolning turini umumiy qilib tanladim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz behayo video ko‘raman deyapsiz, shuni ko‘rmang, inson o‘zini irodasi bo‘lmasa o‘ziga o‘zini kuchi etmasa, bo‘yniga sirtmoq tortib olib kelinmaydi. Alloh sinovga qo‘yib sharmanda qilgunicha gunohdan qaytilmasa unda holat chatoq bo‘ladi. Doktorga ham murojaat qiling. Bu ishga ketgan vaqt, kuch, pul! Shularni savobga ishlatsangiz qanday bo‘lar edi!? Buni shoshmay yaxshilab tafakkur qiling! Masalan ishda yoki o‘qishda raxbar biror ishdan qaytarsa uni amrini bajo qilasiz, uyqudan o‘zingizga yoqqan amaldan kesib bo‘lsa ham, Alloh qaytarsa biz bandalarning foydasiga bir ishdan qaytaradi, bizning amalimizdan u Zotga foyda ham zarar ham yo‘q, yana bir jihati u zot bizni ko‘rib turibdi, nima sababu nima baxona! Allohni ko‘p zikr qiling, jismoniy toliqing, nochorlarga yordam bering. Bunday ishlar bekorchilik, rizqda kenglikdan kelib chiqadi, bu ikki narsani yaxshilikka ishlatmas ekansiz Alloh mahrum qilib qo‘yadi... Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar