Oxirat uchun
Assalomu alaykum! Yoshim 20 da. Institutda Iqtisodiyot yo‘nalishida 2 kursda o‘qiyman. Diniy ilmlarni o‘rganishga juda qiziqaman. Madrasa yoki Mahadda o‘qishni, dinimni puhta o‘rganib 1000lab insonlarga Hazratdek yordamim tegishini hohlayman. Lekin sharoitim yo‘q. Institutni bitirgandan so‘ng tirikchilik, oila... Hullas diniy etuk olim bo‘lishga hozir imkonim yo‘q(chunki dinimni o‘rgatadigan ustozim yo‘q). Hozir Iqtisodiyot sohasini, tillarni, o‘rganishga imkonim bor. "Lekin bu ilmlarni o‘rganishim oxiratimga qanday foydasi bor?" degan savol meni qiynaydi, xuddi vaqtim behuda ketayotgandek tuyuladi. Savollarim shuki: 1) Madrasa yoki islomiy ta’lim dargohlarida o‘qimasdan qanday qilib din hodimi bo‘lish mumkin? 2)O‘zimni sohamni o‘rganib ham oxiratda buyuk darajalarga erishish, Allohni xos bandalariga aylanishni imkoni bormi? 3) Agar imkoni bo‘lsa bu ilmlarni qanday niyyat bilan va nima maqsadda o‘rganishim kerak? 4) Oddiy avom xalq sifatida dinimni bilish uchun, yaxshi musulmon bo‘lish uchun Qur’onni oyda 1 hatm qilish, Shayh hazratlarini barcha kitoblarini o‘qish kifoyami ? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Qiyomat kuni Ulamolar bilan birga bo‘lish hammamizga nasib qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha iqtisodni o‘rganishingiz ibodat hisoblanadi. Faqat bir narsani to‘g‘rilab qo‘ysangiz bo‘ldi, u ham bo‘lsa shariatga muvofiq iqtisodni o‘rganish. Hozir Islom iqtisodiga ehtiyoj juda katta. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:40 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar