Shijoat
Assalomu alaykum! Bir necha yil muqaddam Alloh hidoyat qilib, namoz o‘qishni boshladim. Lekin, bu oila a’zolarimiz tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Qarshilik ham qilib ko‘rishdi. Ochig‘i, ilmning naqadar muhim ekanini ilm o‘rganganingiz sari anglab etar ekansiz, vallohu a’lam. O‘sha paytlarda menga ilmu hikmat etishmagan ekan-da, boshqacharoq yo‘l tutishim kerak edi ekan-da, deb xotirlayman. Menimcha, hozir ham shunday. Bir muammo bor: bu shijoat bilan bog‘liq. Oldinlari mahram,nomahram kabi tushunchalarni umuman tushunmasdim. Keyinchalik biroz tushunib, sinfdosh qizlar bilan qo‘l berib ko‘rishmay qo‘ydim. Ba’zan qo‘l uzatsalar ham so‘rashmadim, mumkin emas deb aytdim. Biroq mendagi ana shu shijoat ayrim qarindoshlar bilan bo‘lgan muomalada ishlamay qoladi. Ya’ni tog‘alarimning ayollari, ammalarimning qizlari, onamning amakilarining ayollari qo‘l berib ko‘rishishadi. Men bilan, ukam bilan. Bu ishni halol yoki bo‘laveradi deb hisoblamayman, aslo. Afsuski, bunga barham berishga ham yurakning quvvati etmaydi. Ukam 16 yosh, men 19. Ukamga namoz o‘qishni ta’qiqlab qo‘yishgan. Moddiy hayotimiz juda yaxshi, Alhamdulillah. Hamma narsa etarli, faqat dinimizni o‘rgatadigan, taqvoga buyuradigan insonga ehtiyoj sezamiz. Juda ko‘p yozib boshingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. O‘zimizdagi shijoatni qanday qilib oshirishimiz mumkin? Ehtimol boshqalarda ham shunga o‘xshash muammo bordir deb savol turini Umumiy qilib belgiladim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsuski o‘sha kerak bo‘lgan shijoat nafaqat sizda balki biz kabi tolibi ilmlarda ham bo‘lmayapti. Chunki tolibi ilmlar ham o‘z vazifalarini bajarmayaptilar. Insonni shijoatiga sabab bo‘ladigan narsa bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlari, sunnatlari, ular qilgan ishlari, boshlaridan kechirgan voqe’alaridir. Biz o‘sha voqe’alarni o‘qiganimizda yig‘laymiz, qalbimizda ulardek hayot kechirishga kuch paydo bo‘ladi. lekin o‘zimizda topgan narsani o‘zgalar ham topishi uchun tarjima qilib etkazish yo‘q. Tarjima ham qilinmoqda, etkazilayapti ham desak xalq ilmiga amal qilmaydigan insondan qabul qilmas ekan. chunki qalbdan chiqqan narsa qalbga etib borarkan. O‘zimiz amal qilmasak o‘zgani amal qiladigan darajada ta’sir qilolmas ekanmiz. Go‘yoki uxlayotgan odam uxlayotgan odamni yonida aljirashiga o‘xshab qolarkan. Siz umidsiz bo‘lmang, haqda davomli bo‘ling. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya