Tarovihni to‘rt rakat o‘qish

Assalomu alaykum! Xar qanday 4 rakaatlik namozlarni 2ta qa’da bilan o‘qiydi. Savolim: tarovex namozini 4 rakaat 1ta qa’da bilan o‘qishga biron manba bormi? Ya’ni 4 rakaat bir qa’da bilan o‘qishlik faqat tarovex namoziga ruxsat bor ekanligini eshitdim shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masala quyidagicha: وإن صلى أربع ركعات بتسليمة واحدة ولم يقعد على رأس الركعتين تجزئ الأربع عن تسليمة واحدة. وهو المختار عند أبي حنيفة وأبي يوسف (منية المصلي) Agar to‘rt rakatni bir taslima bilan o‘qisa va avvalgi ikki rakatida qa’da miqdoricha o‘tirmagan bo‘lsa, ushbu (to‘rt rakat namozi) bitta taslimadan joiz bo‘ladi. Bu Abu Hanifa va Abu Yusuf rohmatullohi alayhimolarning nazdidagi muxtor qavldir. (Munyatul musolliy).
Ya’ni, taroveh namozida bir salom bilan to‘rt rakat o‘qisa va avvalgi ikki rakatdan so‘ng qa’da miqdoricha o‘tirmagan bo‘lsa, bu to‘rt rakat namozi ila tarovehning ikki rakatinigina o‘qigan hisoblanadi. Sahih qavl shudir. Chunki nafl namozlarda ikkinchi rakatda qa’daga o‘tirish farz edi, ushbu farzni tark qilgach qoidaga ko‘ra namozi buzulishi lozim edi. Lekin istehsonan Abu Hanifa va Abu Yusuf rohmatullohi alayhimolarning qavliga ko‘ra namozi durust bo‘ladi. Demak, avvalgi ikki rakat buzilishi borasida qoidani olamiz va tahrimaning boqiy qolishi borasida istehsonni olamiz. Natijada avvalgi qa’dani tark qilgani uchun avvalgi ikki rakati fosid bo‘lib, boqiy qolgan tahrima bilan keyingi ikki rakatga kirishgan va uni qa’da bilan ado qilgan bo‘ladi. Bu bilan ikki rakat namoz o‘qigan bo‘ladi. Agar ushbu namozining avvalgi ikki rakatida qa’daga o‘tirgan bo‘lsa bil ittifoq namozi to‘rt rakat bo‘lib durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar