Savolga qo‘shimcha

Assalomu alaykum!  Men endigina dinimizni o‘rganayotgan insonman. Shu savollarni kuzatishim davomida “Vafotdan keyin” mavzusi ostida bir foydalanuvchi tomonidan savol berilgan. Ya’ni savolda qiyomat kuni banda do‘zax yoki jannatda bo‘lishini oldindan biladi, ya’nikim u nomai amoloni qaysi qo‘lidan olishini biladi. Va bunga javoban sizlar “Ba’zilar qabrdagi azob bilan kifoyalanib jannatga kirishi mumkin” deb javob qilgansizlar. Men chunmagan joyim bu jannatga kirishlik o‘lgandan so‘ngmi yoki qiyomat kuni qabrdagi azob sabab tan va ruh bilan birgalikda jannatga kirishlikmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomat kunida tan va ruh bilan birga jannatga kirish. Chunki ba’zilarni qabrda azoblanishining o‘zi qiyomat kuni azoblanishdan qutilishiga ham sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 177 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar