Mazlum
Assalomu alaykum! Mazlum so‘zini manosi nima? Mazlumlar qanday insonlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zulm deb har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘ymaslikka aytiladi. Ulamolar xulosa tarzda zulmni uch qismga bo‘lganlar. 1-banda Alloh taologa nisbatan zulm qilishi. 2-banda o‘zidan boshqalarga zulm qilishi. 3-banda o‘ziga-o‘zi ziulm qilishi. Alloh taologa nisbatan zulm qilish haqida Alloh taolo “Luqmon” surasi 13-oyatida: وَإِذْ قَالَ لُقْمَانُ لِابْنِهِ وَهُوَ يَعِظُهُ يَا بُنَيَّ لَا تُشْرِكْ بِاللَّهِ إِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ 13. Luqmon o‘g‘liga va’z-nasihat qilib: «Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta, shirk katta zulmdir», – deganini esla. Ustozimiz shayx Hazratlari rahimahulloh buni quyidagicha sharhlaganlar: Farzandiga pand-nasihat qilish otaning vazifasidir. Ayniqsa, iymon-e’tiqod, dinu diyonat masalasida ota farzandlariga nisbatan ulkan mas’uliyat his etmog‘i darkor. Alloh tomonidan hikmat berilgan zot – Luqmoni Hakim ham otalik burchini ado etib, o‘g‘liga pand-nasihat qilmoqda: «Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirma». Ota farzandiga qilishi lozim bo‘lgan bosh nasihat mana shu. Chunki doimo – qadimda ham, hozirda ham bosh masala shudir. Mana, ushbu oyatda qaysidir zamonlarda Luqmoni Hakim ham o‘g‘liga shunday nasihat qilganligi keltirilmoqda. Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ushbu oyatlar nozil bo‘layotgan paytda ham shunday nasihat qilingan. Bundan keyin ham shunday qilinaveradi. Luqmoni Hakim o‘g‘lini shirkdan qaytarish bilangina kifoyalanib qolmadi. Balki shirkning nima ekanini ham bayon qildi: «Albatta, shirk katta zulmdir», – dedi. Ha, shirkdan kattaroq zulm yo‘q. Chunki shirk yaratgan Xoliq, rizq bergan Roziq, Robbul olamiyn bo‘lgan Alloh taologa nisbatan katta jinoyatdir. Dunyodagi har bir inson yakkayu yolg‘iz Alloh taologa iymon keltirib, faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishi lozim edi. Lekin ba’zi odamlar aynan shu ma’noda Allohga nisbatan zulm qildilar. Unga shirk keltirdilar. Ba’zi maxluqotlarni Allohga sherik qildilar. 2-banda o‘zidan boshqalarning haqqini rioya qilmasligi, obro‘lariga, mollariga, jonlariga tajovuz qilishi, ularga nisbatan zulm qilishdir. Zulmning eng kattasi ma’naviy zulmdir. Bunga oddiy misol qilib ulamolar, “er o‘z ayoliga birdaniga bir necha ishni buyurishi ham zulmdir. Chunki bunda ayolning miyasini tashvishga solish, zo‘riqtirish bordir” deganlar. 3-banda Alloh taologa shirk keltirishi, katta kichik gunohlarga qo‘l urishi o‘z joniga zulm qilishdir. Alloh taolo “Baqara” surasi 231-oyatida marhamat qiladi: Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga etganda, ularni ma’ruf ila ushlab qoling yoki ma’ruf ila qo‘yib yuboring. Ularni tajovuz qilish uchun, zarar etkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim o‘shani qilsa, shubhasiz, o‘ziga zulm qilibdi. Chunki u odam mana shu ishi bilan o‘zini o‘zi Allohning iqobiga tutgan bo‘ladi. Alloh taolo Odam otamiz va Havvo onamiz taraflaridan sodir bo‘lgan xatolikni o‘zlariga zulm qilish deb, ular tarafidan qilingan duoni quyidagicha bayon qilgan. “A’rof” surasida قَالاَ رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ 23. Ikkovlari: «Robbimiz, o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lamiz», – dedilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Yuqoridagi oyatdan ular o‘zlarini qilgan xatoliklarini, o‘zlariga zulm deb e’tirof qilganlar va ushbu duoni Alloh taolo ularning mag‘firatlariga sabab qilgan. Zulm qilganning ikkinchi tarafi mazlum bo‘ladi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 254 | Dolzarb savollar