Qoldirilgan zakot
Assalomu alaykum! Man zakot xaqida malumot olishga xarkat qildim va shuni tushundimki zakot moli nisobga etganda uning 2.5% berilar ekan va miqdori xar yili belgilanar ekan. O‘tgan yili mani molim nisobga etgan edi, lekin islom arkonlaridan yaxshi xabarim bo‘lmaganim sababli zakot bermaganman va qaysi sanadaligi xam esimda yo‘q. Endi xozir o‘tgan yil uchun molimning 2.5% dan zakot bersam bo‘ladimi? Va bu yil va keyingi yillar uchun qaysi sanani olaman? 2. Telegramda turli xil kanallar ochilmoqda aynan qiynalgan insonlar uchun yani kasalmand bo‘lib turli xil dorilarga va turli xil jarroxlik amaliyotlariga mablag‘i etmagan insonlar ko‘mak so‘rashmoqda. Shu insonlarga molning zakotini bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. Ramazonni belgilab olsangiz har yili ramazonda chiqaraverasiz. Aslida salaflarimiz ramazondan avval zakotlarini ajratib, faqir-miskinlarning qo‘llariga topshirib qo‘yganlar. Ular ramazonni o‘sha mablag‘lar bilan mazza qilib o‘tkazishgan. Biznikilar ham shunga odatlanishganida edi, xossatan bu yil muhtojlar ramazonni qiynalmasdan o‘tkazishar edi. Beruvchilarga ham ulkan savoblar yozilar edi. 2). Bilgan va taniganlaringizga bering. Zakot ibodat, uni to‘liq qilish kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 155 | Zakot