Tavba qilish duosi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Yorqinjon qori akamizni bir ma’ruzalarida “Alloh bandalariga bunday tavba qilinglar deb o‘rgatgan va afuana va fag‘firlana varhamna”. Yaxshi eshita olmaganim uchun bu so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy olmayapman, iltimos to‘g‘risini yozib yuborsangizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo musulmon ummatni o‘ta darajada mukarram va aziz qilib yaratdi. Aslida ulug‘larning xatosi ham boshqalarning xatosidan ulkan bo‘ladi. Alloh taolo Odam alayhissalomdan xato sodir bo‘lishini va u xatodan qanday tavba qilishni qiyomatgacha bo‘lgan ummatga ta’lim berib qo‘ydi. Bu gunohni zahar desak tavba unga qarshi davodir. Odam alayhissalomdan sodir bo‘lgan ish hammaga ma’lum, ammo tavbasiga sabab bo‘lgan duoni juda kam kishilar bilishadi. Alloh u kishining tavbasini qabul qilish uchun quyidagi kalimalarni aytishni ta’lim berdi. قَالاَ رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ 23. Ikkovlari: «Robbimiz, o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lamiz», – dedilar. (“A’rof” surasi). Ta’lim berganini Qur’onda bayon qilib: فَتَلَقَّى آدَمُ مِن رَّبِّهِ كَلِمَاتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ إِنَّهُ هُوَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ 37. Bas, Odam Robbidan so‘zlarni qabul qilib oldi, keyin (U Zot) uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani ko‘plab qabul qiluvchidir, o‘ta rahmlidir. (“Baqara” surasi). Tafsirchilarimiz «Alloh subhanahu va taolo shu paytda Odam alayhissalomga ilhom orqali ma’lum so‘zlarni berdi, Odam alayhissalom ularni qabul qilib olib, aytdi. Shundan keyin Alloh uning gunohidan kechdi», deb tushuntiradilar. Shuning uchun barchamiz qachon gunoh qilsak ushbu duolarni o‘qishimiz kerak bo‘ladi. Siz eshitgan “Baqara” surasining oxirgi oyati. وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْ لَنَا وَارْحَمْنَآ أَنتَ مَوْلاَنَا فَانصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِرِينَ «Bizni afv et, mag‘firat qil va bizga rahm ayla». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 398 | Duolar