Zakot berish tartibi xaqida

Allox taologa beadad, bexisob xamdu-sano va shukrlar bo‘lsin, Payg‘ambarimiz Muxammad Mustafo SAVga dur-dur salovot va salomlar yog‘ilsin.Assalomu alaykum muxtaram Shayx Xazratlari!Biz o‘quvchilarning, g‘oyibona shogirdlaringizning baxtiga Allox Taolo umringizni uzun, ilmingizni yanada barokotli qilsin, yana ko‘p yil ta’limingizdan, kitoblaringizdan baxramand bo‘lib yurishlikni nasib etsin.Xurmatli domla, bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim, savol tushunarli bo‘lishi uchun batafsiz yozishga xarakat qilaman. Bir nochorroq oilaning (er vafot etgan, ayol 4 ta bolasi bilan qolgan, barchalari risoladagi musulmon farzandlar) darvozaxonasiga konvert ichiga 300 AQSh dollari solinib, konvert ustiga "zakot" deb yozilib tashlab ketilibdi. Buni eshitib juda xursand bo‘ldim, shunday birodarlarimiz borligiga Alloxga shukronalar aytdim. Lekin bir ilmli birodarimiz bu ish noto‘g‘ri zakot beruvchi xam, oluvchi xam tayin bo‘lishi kerak dedi. Oluvchi tayin bo‘lmasa berilgan mablag‘ni noshariy yo‘llarga sarflanib ketish extimolligi bor dedi. Men o‘z navbatida, zakot beruvchi shularni xisobga olib qilgandir, niyat berish bo‘lgandan keyin farqi yo‘q, o‘ng qo‘l bilan qilingan exsonni chap qo‘l bilmasligi kerak, Allox ko‘rib turibdi, O‘zi bilguvchi desam, u bu exson emas, bu zakot deb javob berdi. Ma’lum sabablarga ko‘ra bu mavzuni davom ettira olmay qoldik. Shunga aniqlik kiritish maqsadida savol yo‘llamoqchiman.Savol.1. Zakot beruvchi ajratgan zakot pulini zakot oluvchining qo‘liga yuzma-yuz turib berishi kerakmi yoki yuqoridagi xolat buyicha ish tutsa xam bo‘ladimi?2. Masjidlarmizda zakot uchun maxsus qutilar quyilgan, ushbu qutiga zakot deb niyat qilib tashlab quyilsa xam bo‘ladimi ?Qimmatli vaqtingizni olganim va ko‘p yozganim uchun avvaldan uzr so‘rayman.Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zakot beruvchi va oluvchi bir-birining shaxsini tanishi shart emas. Zakot beruvchi uni vakili orqali tarqatishi ham mumkin. Ammo zakot haqdorga tegishi kerak. Sizning misolingizda uy egalaridan boshqa odam olib ketishi xavfi bor.- Zakot qutisimi yoki ehson qutisimi?

27 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 164 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar