Ko‘ngil qolmasa ajrashsa bo‘ladimi?

Men 2 yil oldin turmushga chiqdim. oliy ma’lumotliman, erim esa yo‘q. Qizlik oilam zamonaviy va ruslashganroq bolishiga qaramasdan barchamiz namoz oqiymiz. Meni erim korib qolib yoqtirgan ekan, ammo onasi unga qarshi chiqdi, onasi men bilan uchrashib , ularning oilasi toza ozbek oilasi ekanligini, Islomiy namozhon oila ekanliklarini aytib meni qaytarmoqchi boldi. Erim hamisha boshida doppi kiyib yurardi. Men Allohni tanigan inson yomon bolmasa kerek deb turmushga chiqaverdim. Turmushga chiqib balsam, u oilada hech kim namoz oqimas ekan, erimning boshida yaralari borligi sabab doppi ortiga yashirar ekan. Mutlaqo boshidan qaynonam bilan ham erim bilan ham til topisha olmadik. Mentalitet shu darajada boshqacha ekan. Ularning dunyoqarashi, fikr yuritishi juda tor va qoloq. ozimni qachondir fikrimni bildirgudek bolsam, “ ha diploming bor de a seni” deb oliy malumotliligimni yuzimga solishadi. Erim faqat onasi aytganini qiladi. Qanchalik urunmayin osha uyga konika olmadim. 1 yil otgach ogil tugdim. Shillam chiqmasidanoq uyda qancha janjallar boldi, sabab gapimiz hech bir joydan chiqmadi, goyo ikkimiz 2 hil tilda sozlashayotganday. Hozir yana homilador bolib qoldim. Erimdan juda sovib ketkanman. Umuman koziga tik boqqim kelmaydi. Hozir ajrashmoqchiman, bir umr bir-birimizdan nafratlanib, bolalarni janjal ustida kotta qilgandan ko‘ra, qiynalib bolsa ham ozim ostirmoqchiman. Aytingchi ajrashmoqqa qanchalik haqqim bor? Agar erimda umuman konglim qolmagan bolsa ruhsat bormi ajrashmoqqa?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ruxsat butunlay imkoni qolmaganda bor.

30 Aprel 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar