Maktabda darsdan qochish

Assalomu alaykum! Maktabda o‘qituvchiman . 9,10,11 sinf bolalari doimiy 5-6 soatlardan qochishadi (bazilar kursga boradi qolganlar ularga quwilib qochadi) . Tabiiyki dars utilmaydi lekin biz u dars un oylik olamiz. O‘sha paytda biz o‘qtuchilar maktabda bulamiz lekin bolalar qochib ketiwgan buladi. Shunday holatda o‘sha dars soatlari uchun olingan oylik hukmi meni uylantiradi. Ularni ishlatishga uylanib qolaman . Iwlatay desam dars utilmagan iwlatmay desam dars utilmaganiga men sabab emasku men uwa paytda vaqtida darsga kirganman lekin uquchlar yuq ediku deb uylayman. Nechi marta qochib ketmaslik haqida gapiriladi vadalar olinadi lekin foydasiz. Hamma 5-6 soatga to‘g‘ri keladigan fanlarda wunday holat. Shunday vaziyatda olingan maosh hukmi qanday buladi? Ularni ishlatsa buladimi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo ularni kurslarga ketib qolishlari maktabda ta’limning sifati ular xohlaydigan darajada emasligidir. Sizlar o‘sha dars beradigan vaqtda ish joyingizda o‘tirsangiz olgan oyligingiz harom bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar