Sajdai savh va qazo namozi
Assalomu alaykum! Men 22 yoshimdan namoz o‘qiy boshladim va oldingi o‘qilmagan namozlarimni qazosini ham o‘qiyapman. Masalan ertalab bomdodni o‘qib bo‘lib 2 rakat bomdod namozini farzini qazosi o‘qiyman. 1. Shunda qazo namozimga ham azon aytishim kerakmi? 2. Bazida namozda adashaman va sajdai savh qilishim kerakligini diliga tugaman lekin bazida namozni oxiriga borganda yodimdan ko‘tariladi va sajdai savh qilmay namozni tugatib keyingi qazo namozini o‘qiyotganimda yoki namozni tugatib boshqa ish qilayotganimda esimga kelib qoladi. Shunda o‘qigan namozlarim qabul bo‘ldimi? 3. Oldinlari men namozlarimda sajdai savh qilishda attaxiyot duosidan keyin o‘ng tomonga salom bermasdan sajda qilgan ekanman. Shunda o‘qigan namozlarim qabul bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bamdoddan keyin to quyosh chiqib sal ko‘tarilib olgunicha namoz o‘qimay turing. Quyosh chiqib bo‘lganidan keyin o‘qisangiz bo‘ladi. Azon aytsangiz sunnati muakkada savobini ham olasiz.
2). Sajdai sahv vojib bo‘lgan namozda sajdai sahv qilmasdan tugatilsa agar vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa, qayta o‘qish vojib bo‘ladi. Agar vaqti chiqib ketgan bo‘lsa, o‘sha namoz katta nuqson bilan ado bo‘lgan bo‘ladi.
3). Qabul bo‘ladi, in sha Alloh. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 148 | Namoz