Riboga oid

Assalomu alaykum! Sohamiz rieltorlik. Ma’lumki, rieltor quruvchidan sotilgan uydan kelishuv asosida ulush oladi. Xaridorlarning ko‘pchiligida ko‘chmas mulk narxining jami summasini bittada to‘lash imkoni bo‘lavermaydi. Shuning uchun qurilish firmalari o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda mijozlarga ko‘chmas mulk narxini ma’lum muddat davomida bo‘lib to‘lash imkonini beradi. Buning uchun mijoz va qurilish korxonasi tomonidan tuziladigan Ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasida, mijoz uy, yoki xonadon sotib olishi uchun dastlabki tulov sifatida uy yoki xonadon jami narxining kamida 30 foizini to‘lab berishi shart qilingan. Bugungi kunda uy oldi-sotdisi bilan murojaat qiladigan mijozlar orasida naqd puli etarli bo‘lmagan, kredit evaziga uy olmoqchi bo‘ladiganlari ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Biz sotuv bo‘limi sifatida mijozlarga iloji boricha kreditga uy olish yaxshi emasligini tushuntirishga urinyapmiz, buni kimlardir tushunadi, kimlardir yo‘q. Masalaning chalkash tomoni xam shu erda. Rieltor uz xizmat xakini kuruvchidan oladi. Kuruvchiga esa kanday uslubda kuchmas mulk sotilishining farki yuk, xox kredit, xox mijozning uz puli evaziga. 1-savol. Mijoz dastlabki tulovni uz pulidan tuladi, kurilish korxonasi shu mablagdan Rieltorning xizmat xakini ajratib berdi. Ma’lum vaktdan sung mijoz pulning kolgan kismini kredit xisobidan tulamokchi. Ushbu xolatda rieltorning tepada olgan xizmat xakiga ribo aralashgan bulib kolmaydimi? 2-savol. Mijozga rieltor kredit riboligini tushuntirgan bulsada, mijoz uzi kurilish korxonasi bilan kelishgan xolda kreditga uy sotib oldi. Kredit puli nakdsiz kurinishda xisob rakamga kelib tushdi. Kurilish korxonasi vakili uy sotilgani uchun rieltorga xizmat xakini uz xisobidan nakd kurinishda berdi. Bunda xam rieltor olgan pul Riboga aylanib koladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda “Siz tufayli bir inson gunohga qo‘l urishi mumkin bo‘lsa sababchi bo‘lmang” degan qoida bor. Kreditni avval olib bo‘lgan bo‘lsa siz xizmat haqingizni undan olishingiz mumkin. Siz tufayli kredit olishiga sababchi bo‘lmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar