Qur’onni o‘rganishda yolg‘on ishlatish

Assalomu alaykum! Men yaqinda Qur’onni tajvid qoidalari bilan o‘qishni o‘rgana boshladim. Qaynonamdan yon qo‘shnimiz Qur’onni o‘rgatadigan otin oya edilar, chiqib o‘rganay deb ruxsat olsam ruxsat bermadilar. Keyin internet orqali bir ayol Islom universitetida o‘qiydigan Qur’ondan 15 pora yod olgan, qiroati go‘zal bo‘lgan bir muslimadan pul to‘lab o‘rganishni boshladim. Alhamdulillah tajvid qoidalarini o‘rgatdilar. Xozirda Qur’onni onlayn tarzda to‘g‘ri o‘qishimni kuzatib turadilar. Savolim men qaynonamga o‘rganmayapman dedim dars olayotganimni yashirdim. Lekin turmush o‘rtog‘imdan ruxsat oldim. Shu xolatdagi yolg‘on gapim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yolg‘onchilar bizdan emas degan gaplariga to‘g‘ri kelmaydimi? Endi ko‘nglimda ikkilanish paydo bo‘ldi. Aytay desam xafalashib qolamiz ruxsat bermaganliklari uchun. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkilanmang. O‘qishni davom eting. Ochiq-oydin yolg‘on gapirishga hojat yo‘q. وَقَالَ إِسْحَاقُ: سَمِعْتُ أَنَسًا: مَاتَ ابْنٌ لِأَبِي طَلْحَةَ، فَقَالَ: كَيْفَ الْغُلَامُ؟ قَالَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ: هَدَأَ نَفَسُهُ، وَأَرْجُو أَنْ يَكُونَ قَدِ اسْتَرَاحَ. وَظَنَّ أَنَّهَا صَادِقَةٌ Ishoq aytadi: «Anasdan eshitdim: «Abu Talhaning o‘g‘li o‘ldi. U: «Bola qalay?» deb so‘radi. Ummu Sulaym: «Nafasi tindi, umid qilamanki, rohat olib qoldi», dedi. U (ayolini) rost aytdi deb o‘yladi».*

* Ta’riz – aytgan odam bir ma’noni, eshitgan odam boshqa ma’noni tushunadigan qilib gapirishdir. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

9 May 2022, 08:36 | Savol-javoblar | 193 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar