Ayolni eriga itoati
Assalomu alaykum! Alhamdulillo namoz o‘qiyman, yaqinda uylanganman, qo‘shni qizni olganman. Ayolim xomilador ayolim xam namozga befarq emas, Qur’on o‘qigan, ota-onamga muomilasi yaxshi. Ayol kishi erini aytganini qilishi, eriga itoat qilishi kerak deyilgan. Afsus men hozzir Rossiyadaman, ayolim dadam va ayamlar bilan qolgan, bir kuni telefon qilovdim, qo‘rqyabman deb o‘z uyiga yotgani chiqib ketibdi. Keyin men telefon qilib “chiqsang so‘rab chiqqin boshqa payt chiqma” dedim xo‘p dedi. Bir xafta o‘tgach o‘zing qo‘rqyotgan bo‘lsa xar zamon chiqib turaver deb aytmoqchi bo‘ldim va uyga tel qildim afsus yana uyiga chiqib yotgani ketgan ekan. Men sog‘inib gaplashgim kelayotgan ayolimdan bu ishidan keyin tel xam qigim kelmay qoldi nima qilishni bilmay qoldim. Ayolimga erga itoat qilmasang ranjitsang to ko‘nglini olguningcha farishtalar yaqinlashmas ekan dedim. U og‘rib qoludim dedi men nima qilay maslaxat berilar ko‘nglimdan qolganga o‘xshab qoldi. Maslahatinglar uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingiz yonida bo‘lmaganingizdan keyin yuzta gapingizdan 99tasiga amal qilib, bittasiga amal qilmasa erga itoat qilish kerak degan narsani suiste’mol qilmang. Ayol kishi siz o‘ylaganchalik cho‘ri ham emas. Har to‘rt kunda bir zimmangizda to‘shakdagi va shirin muomala ko‘rish, shirin gaplar eshitish kabi haqlari bor. Savob umid qilib sizni o‘rningizga ota-onangiz uchun qilgan xizmatlari bor. Aslida o‘sha xizmatlarni qilish shar’an aslo zimmasiga vojib emas. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:46 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush