Payg‘ambarimizni ota-onadanda yaxshi ko‘rish kerakmi

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimizni ota-onamiz, bolalarimizdanda yaxshi ko‘rishimiz kerakmi? Ota-onamizdan ulug‘mi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shak-shubhasiz ulug‘lar. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَالِدِهِ وَوَلَدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ  Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizdan birortangiz men unga ota-onasidan, bolasidan va odamlarning hammasidan mahbubroq bo‘lmagunimcha, mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar».
Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilishgan.
U kishini yaxshi ko‘rish “Yaxshi ko‘raman” deyish bilan kifoya qilmaydi. Birinchi o‘rinda u kishini keltirgan shariatiga to‘liq amal qilishga harkat qilish bilan u kishiga etkaziladigan behurmatliklarga yarasha javob berib qo‘yish bilan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 157 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar