Jinlar bilan gaplashish

Assalomu alaykum! Bir ayol aytadiki ichida jin bora ekan ya’ni musulmon jinlari bor ekan.. ular bilan bemalol gaplashadigan bo‘lib qolganmish.Qur’onni hatto ovoz chiqarib teng o‘qiyotganini oldimizda Taborakallaziyni o‘qidida ovozini ingichka qilib ana o‘qidi deb bizni ishontirdi. (Allohummag‘firliiy..)Namoz vaqtlarini eslatib namoz vaqtida yo‘taltirar ekan. Jinlar u ayolga itoat qilarkan.. Subhanalloh shu rostmikin?Ba’zi insonlar jinlar bilan bemalol gaplasha oladimi bunday odamlarga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish kabi ishlarning haqiqati” kitobini o‘qisangiz shu mavzudagi barcha savollaringizga batafsil, hujjat-dalilar bilan javob topasiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 242 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar