Qarz qaysi miqdorda to‘lanadi?

Assalomu alaykum! Bitta kishidan qarz olinib bir qismi uzilib 3300$ qoludi. Qarzni to‘lash biroz kechikkani sabab qarz beruvchi natarialni qilamiz deb hujjatlashtirildi. O‘sha paytda hujjatda qarz beruvchi qarz summasini 28mln qilib belgilatdi. Hozir qarzni qaytarsh vaqti keldi. Qarzning qolgan qismi hozir 33mln bo‘ladi. Lekn o‘sha paytda qarz beruvchi 28mln qilib hujjat qilgan. Qaysi miqdorda qarzni o‘tash kerak? Qarz beruvchi belgilatganday 28mln to‘lansa bo‘ladimi yoki birovni haqqini eyish bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olingan vaqtda dollar olingan bo‘lsa 3300$ni to‘lashi shart. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 132 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar