Biznes egasining ishchisi maxfiy shug‘ullanishi

Assalomu alaykum! Tadbirkor qo‘lida ishlab chiqarish korxonasida menedjer lavozimida faoliyat yuritaman. Ushbu korxonamiz ulgurchi savdo uchun mo‘ljallanganligi bois mayda buyurtmalarda narxlar baland chiqadi, bu esa buyurtmachining boshqa kichik korxonalarga borib buyurtma berishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida yozganimdek kichik miqdordagi buyurtmachilarni korxonamizning tovar uchun taklif qilgan narxi buyurtmachiga yoqmagan xolatlarda man ishni o‘zim qo‘limga olgan xolatda boshqa kichik korxonalarda tovarlarni tayyorlab topshiraman, to‘g‘risi aytish kerak, albatta moliyaviy manfaat undan kegin ishxona manfaati (agar buyurtmachi buyurtmani miqdorini oshirsa bizning korxonamiz mijoziga aylanadi degan umidda) niyatida. Ustoz tadbirkor bundan xech zarar ko‘rmaydilar deb uylayman. Savolim shundaki, ushbu faoliyatim ichida shaxsiy faoliyat yuritishim durustmi, topishim xalol rizqqa kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bilan ish beruvchiga xiyonat qilgan bo‘lasiz. Agar savdo hali tugal bo‘lmagan bo‘lsa, ish vaqtidan boshqa paytda ishxona hududidan tashqarida mijozlarga o‘z takliflaringizni berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 315 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar