Genetikaga oid
Assalomu alaykum! Genetika sohasida juda ko‘p sun’iy mahsulotlar ishlanadi. Masalan, cho‘chqaning biror bir a’zosining genini olib bakteriya hujayrasiga kiritsa u juda ko‘p miqdorda o‘sha mahsulotni ishlab chiqaradi. Shunga o‘xshash narsalar halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu borada hukm asosiy narsaga beriladi. Masalan bo‘ridan homilador bo‘lgan qo‘yning bolasini qo‘yga hukm qilinib go‘shtini halol deyiladi. Chunki hayvonlarda asosiy e’tibor onaga bo‘ladi. Ularda ham asos nima bo‘lsa hukm ham o‘sha asosniki bo‘ladi. Masalan baliqqa joylashtirilsa baliq halol. Go‘sht yog‘ mahsulotidan boshqalarda shu ishni qilinsa masalan kartoshkada qilinsa u ham halol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom