Jannat ko‘rsatilib, u erda qolib ketgan odam
Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan bir mavzuda tortishib qoldim. Uning aytishicha, maktab paytlarimizda dunyo dinlari tarixi deb nomlanmish fan o‘tilar edi. Bu fanning o‘qituvchisi bir voqea(Qur’ondan oyat yoki xadisdan ekanligini bilmaydi)ni aytib bergan ekan. «Alloh ta’olo Paygambarimizga Me’roj kechasida ko‘rsatgani kabi yana bir insonga (U rasulmi, saxobiy bo‘lganmi uni xam bilmaydi) qaysidur davrda, jannatni ko‘rsatgan ekan. Alloh ta’olo farishtalarga buyurgan ekan aniqrogi Jibriyil (a.s) ga buyurgan ekan, ul zot jannatni ko‘rsatib chiqqan ekanlar. Boyagi insonga jannatga yoqib qolgani sababli jannatda bir daraxt ostida kovushini qoldirib chiqqan ekan. So‘ngra, chiqqanda so‘ng «kovushimni qoldiribman» deb kovushini olib chiqishga ruxsat so‘ragan ekanlar, ruxsat berilibdi va ul zot kirganicha qaytib chiqmagan ekanlar». Anikrog‘i xozirgacha jannatda o‘sha inson yasharmikan — deb qiziqmoqda. Mening fikrim esa aksincha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘rsatilganini aniq bilaman Me’roj kechasida, payg‘ambarlarga xam ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin(bunga ilmim darajasi pastligi va me’roj kechasida 7 ta darvozadan kirilganda, payg‘ambarlar uchratilganini asos qilyabman) deb o‘ylayman. Lekin kimdur qolib ketmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman yana Vallohu a’lam. Bunga esa asos qilib, men bilgan ma’lumotlarga ko‘ra. Qiyomat yuz berganda butun biz turgan koinot bir tekis-uzun chiziqqa chiziladi va biz erdan chiqib kelib, qayta tiriltirilamiz va aynan o‘sha jarayonda mening fikrimcha, o‘sha bepoyon tekislikda jannat xam, do‘zox xam, sirot ko‘prigi xam paydo bo‘ladi. Bu degani bizning dunyo uchun berilgan «vaqt» tushunchasida mobaynida xali jannat va do‘zoxga qanchadur muddat bor va unda xech kim yo‘q deb o‘ylayman, yana Vallohu a’lam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyatda Iyso alayhissalom haqida qat’iy tarzda tirik holatda osmonga ko‘tarilganlari zikr qilingan. Boshqalari haqida qat’iy dalil yo‘q. Har bir payg‘ambarga jannat do‘zaxni ko‘rsatilgan. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyatda Iyso alayhissalom haqida qat’iy tarzda tirik holatda osmonga ko‘tarilganlari zikr qilingan. Boshqalari haqida qat’iy dalil yo‘q. Har bir payg‘ambarga jannat do‘zaxni ko‘rsatilgan. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 183 | Aqiyda