Tahoratsiz sajda

Assalomu alaykum! Meni do‘stim peshnasini erga tekkizmay burnini tekkizip sajda qildi men undan sababini so‘rasam tahoratim yo‘q edi va orqamda jamoat saf tortgani uchun tahoratga chiqolmadim shuning uchun shunday qildim dedi. U bu ishi bilan kufr ish qilib qo‘ymadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni haqir sanab bepisandlik qilmasa kufr deb bo‘lmaydi.  وَبِهَذَا ظَهَرَ أَنَّ تَعَمُّدَ الصَّلَاةِ بِلَا طُهْرٍ غَيْرُ مُكَفِّرٍ فَلْيُحْفَظْ وَقَدْ مَر أَيْ فِي أَوَّلِ كِتَابِ الطَّهَارَةِ ، وَقَدَّمْنَا هُنَاكَ عَنْ الْحِلْيَةِ الْبَحْثَ فِي هَذِهِ الْعِلَّةِ وَأَنَّ عِلَّةَ الْإِكْفَارِ إنَّمَا هِيَ الِاسْتِخْفَافُ «Mana shu bilan (masala) zohir bo‘ldi. Yodlab olgin! Tahoratsiz namoz o‘qishga qasd qilish (kishini) dindan chiqarmaydi. Bu narsa tahorat kitobining avvalida o‘tdi. U erda «Hilya» kitobidan buning illati haqidagi bahsni keltirib o‘tdik. Tahoratsiz namoz o‘quvchini kofirga chiqaradigan narsa uning namozni pisand qilmasligidir». (Shomiy). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar