Harom molning savdosi
Assalomu alaykum! Bizni 10 yillar oldin harom puldan qurilgan bir magazinimiz bor hozirda ishlatmayapmiz o‘shani sotishga qo‘yganmiz 40 mlnlarga bo‘lsa sotamiz deyapmiz bu pul bizga halolmas, lekin islomiy saytlarimizda o‘qidim yo eshitgandim aniq eslayolmayman molda harom bo‘lsa diniy tashkilot hodimlari kelib ular ishtirokida molni hisoblab o‘shancha pul ularga beriladi ular bu pullarni sizga qarz sifatida qanchadir muddatga qaytarib berish sharti bilan yana sizga qaytarishadi (menimcha savob umid qilmay yaxshilik yo‘lida ishlatllsa kerak) siz bo‘lib-bo‘lib to‘laysiz noto‘g‘ri yozgan bo‘lsam uzr. Iltimos agar boshqa yo‘llari bo‘lsa maslahat bering yoki sotmaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromligi aniq bo‘lsa sizlar savob umid qilmasdan hammasini faqir-miskinlarga berib yuborishlaringiz kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom