Tijoratdagi sherikchilik
Assalomu aleykum. Men onlayn telefon savdosi va etkazib berish bilan shug‘ullanaman. Bir tanishim bor. Ularda telefon yo‘q lekin ular ham internetga mendagi bor telefonlarni joylab menga haridor topib beradilar. Bizning kelishganimiz quyidagicha. Sotilgan narxdan etkazib berish va telefonning tan narxi ayrilib foyda teng 2 ga bolinadi. Bir kuni bir joyga buyurtma borligini ayttilar. Men u erga telefonni olib borib berdim. Yonimda barcha telefonlarni olib yuraman. Olgan odamning yonidagi hamkasblari ham telefonlarni korib yana 3 kishi 3 ta telefon harid qildi. Bu 3 ta telefondan tushadigan foydani ham 2 ga bo‘lishimiz kerakmi? Boshida bunday holat bo‘yicha hech qanday kelishuv bo‘lmagan. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalaga javob berish uchun tafsilotlarni etarlicha bayon qilmabsiz. Agar o‘sha tanishingiz sizga mijoz topib bergani uchun haq olayotgan bo‘lsa, bajargan ishi uchungina pul to‘laysiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar