Aroq qay holda xarom?

Assalomu alaykum! Men bir tanishimga aroq ichish xarom, odamni mast qiluvchi ichimliklar dinimizda xarom qilinga deb aytdim. U bo‘lsa menga aroq ichganda mast bo‘lsa shu xolatda xarom bo‘ladi, agar aroq ichganda mast bo‘lmasa xarom emas dedi. Bu gap qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘pi harom bo‘lgan narsaning ozi ham harom hisoblanadi. Mast bo‘lsa, bo‘lmasa aroq ichish haromdir. Bu gapni aytishdan ehtiyot bo‘lsin, iymoniga putur etadi. Chunki Alloh harom qilgan narsani halol deyish bilan inson dindan chiqib qoladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar