Amazonda partnyor bo‘lib ishlash

Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynamoqda. Amerikada Amazon onlayn bozorida Amazon affiliate programmasi mavjud. Bu programma orqali amazonda faoliyat olib borayotgan biznesmenlar bilan hamkorlik qilsa bo‘ladi. Hamkorlik qanday bo‘ladi? Men o‘zimga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni sotadigan bir biznesmen bilan shartnoma tuzaman. Va u menga shaxsiy ssыlka beradi. Men uni maxsulotlarini reklama qilaman va agar men qilgan reklama orqali maxsulot sotilsa menga u biznesmen o‘zining foydasidan kelishilgan foyizni ajratib beradi. Va bunda maxsulotning narxi o‘zgarmaydi qanday narxda sotilato‘g‘rtgan bo‘lsa shu narxda sotiladi. Shu ishni qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Faqat halol narsalarni sotishi va reklama qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar