Buyurtmani qaytarib olish

Assalomu alaykum! Bir tovarga buyurtma berib, keyin o‘sha buyurtma qilgan narsasini sotib olmayman desa gunohkor bo‘lmaydimi? Holatni to‘liq izohlayman. Telegramdagi oldi-sotdi kanalidan bolam uchun bir kiyim buyurtma qildim, 2-3 kundan keyin uni olmayman deb otkaz qilgandim. Sotivchi (o‘sha telegram kanali admini) men zakazingizni opkeltirib qo‘ydim, olishga majbursiz dedi va mendan xafa bo‘ldi. Men esa ko‘nglim bo‘lmay mayli deb sotib olaverdim. Shunday holatda buyurtma qilgan narsasini sotib olmaslikning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshida yoqmasa olmayman deb kelishgan bo‘lsangiz olmasangiz gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar