Nikohimiz bog‘langanmi?

Assalomu alaykum! Meni bir narsa qiynayapti. Biz oila qurganimizga inshaAlloh 6 yil bo‘ladi. Man erimga uncha xohlamay tekkanman, lekin hozir yahshi yashayapmiz Alhamdulillah. Nikoh o‘qiydigan kuni domla rozimisiz deb 3 martta so‘raganda man indamaganman, chunki indamasa ham rozilikka o‘tadi deb eshitkandim. Yonimdagi holam “ha” devorganlar. Shuni bazida o‘ylab shubhalanaman, bizni nikohimiz bog‘langanmi? Ikki farzandimiz bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohlaringiz durust bo‘lgan deb gumon qilinadi. Ayrim ulamolar bokira qizning roziligi so‘rashganida sukut qilishi iyjob o‘rniga o‘tadi deganlar. Aslida nikohning shartlaridan biri iyjob, ya’ni so‘ralganda kelin o‘zi “bag‘ishladim” deb aytishi kerak. Sizlar ehtiyot yuzasidan barcha shartlariga amal qilib qaytadan nikoh o‘qitib olinglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar