Isrof xaqida
Assalomu alaykum! Bir qo‘shnim bor, doim isrof haqida gapiradi. Ammo o‘zining uyiga chiqsangiz oshxonasidagi buzilgan kranidan qishin-yozin suv oqadi. Bundan tashqari,oshxonasidagi gaz plitasi kerak bo‘lmagan paytda ham yonib turadi. Unga bu borasida "Axir bu isrofgarchilikka kiradi-ku!" desam, "pulini to‘lab qo‘yganman, bu isrofgarchilikka kirmaydi" - deydi. Bu masala bo‘yicha qo‘shnim haqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nohaq. Chunki mol dunyo Allohni bandasiga bergan omonati hisoblanadi. Pulini to‘lagan bo‘lsa ham o‘zi ishlab topgan bo‘lsa ham joyiga ishlatmaslik isrof bo‘ladi. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو: رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّ بِسَعْدٍ وَهُوَ يَتَوَضَّأُ فَقَالَ: «مَا هَذَا السَّرَفُ؟» قَالَ: أَفِي الْوُضُوءِ إِسْرَافٌ؟ قَالَ: «نَعَمْ، وَإِنْ كُنْتَ عَلَى نَهْرٍ جَارٍ». رَوَاهُ أَحْمَدُ وَابْنُ مَاجَهْ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’dning oldidan o‘tdilar. U tahorat qilayotgan edi. Bas, u zot:
«Bu qanday isrof?!» dedilar.
«Tahoratda ham isrof bo‘ladimi?» dedi.
«Ha! Agar oqib turgan daryo ustida bo‘lsang ham!» dedilar».
Ahmad va Ibn Moja rivoyat qilishgan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar