Uy egasi xaqqi

Assalomu alaykum! Men ustachilik bilan shug‘ullanaman. Uy egasini qurilish materiallari do‘konga olib boraman, do‘kon bizga karta ochib bergan. Shu savdodan bal beradi, ballarga narsalar olamiz. Shu material misol uchun 7000 yonidagi do‘kon 5000-5500so‘m sotiladi. Shu ishimiz to‘g‘rimi? O‘ylab qarasam boshqa do‘kondan olsa arzon tushadi, lekin bizga bal sovg‘a bermaydi. O‘zim va xamkasblar uchun bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uy egasiga xoinlik hisoblanadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar