Foreks va Birja operatsiyalari

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening savolim quyidagicha: Sizning “Foreksga shar’an ruhsat yo‘q” deganingizni eshitib qoldim. Men birja operatsiyalari bo‘yicha ta’lim olganman. Menga shunisi qiziqki, aktsiya va qimmatbaho qog‘ozlar bilan ishlash harommi yoki halolmi? Shu savol tinchlik bermayapti. Iltimos, shuni batafsil tushuntirib bersangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni men deganim yo‘q. Boshqa olimlar aytishgan. Men o‘rganib chiqib, ularning gapi to‘g‘riligiga ishonch hosil qildim va o‘zbekchaga tarjima qildim. Shariatga mos ish olib borilsa, halol.

21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar