Kelinlar bilan qaynog‘a bir dasturxonda o‘tirishi
Assalomu alaykum! Men uyda adam oyim yo‘q bo‘lishganida kenoyilarim bilan bitta dasturxonda o‘tirmayapman, nomahram bo‘lganliklari uchun ularga tushuntirsam shuncha odam o‘tiradiku deb aytishadi. Chunki dindan habarlari yo‘q ular mendan xafa bo‘lishyapti, ota onam ham meni noto‘g‘ri tushunishyapti. Bu ishimdan maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shunday holatga tushmaslikning tadorikini qiling. Taom vaqtidan oldinroq bir joyga chiqib ketsangiz birga o‘tirmaysiz. Chunki nomahram ayol va erkak xoli qolishsa uchinchilari shayton bo‘ladi.وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لاَ يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلاَّ كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُماَ التِّرْمِذِيُّ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Agar shundoq bo‘lsa, uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.
Qolaversa inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda qo‘pollik qilib, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Siz ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush