Halol maosh
Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchiman. Farzand tarbiyasi bilan tug‘ruq ta’tilida edim. Shu yil ishga chiqmoqchi edim, lekin darslar onlayn bo‘lishi mumkin deb chiqmayman degandim. Ammo 14-sentabrdan maktablar ochiladi deb e’lon qilindi. Shuning uchun ishga joylashdim. Ammo vaziyat o‘zgarib, maktabimiz tayyor emas deb hali ham ochilmadi. Kechroq ochiladi deyishyapti, lekin vaziyatga qarasak uzoqroq vaqtgacha ochilish ehtimoli juda kam, shekilli. Darslar onlayn bo‘lyapti, ammo chekkaroq joy bo‘lgani uchun 2 yoki 3 o‘quvchidan boshqasi vazifani bajarib, internetdan tashlaydi, xolos. Boshqalari umuman shug‘ullanmaydi. Ammo bizga oylik to‘liq to‘lanyapti. Shu olgan maoshim qanchalik halol? 2. Ishga kirayotgan vaqtimda oilaviy ahvolim sababli hafta davomida ba’zi kunlarga dars qo‘yib berishlarini, har kuni kelolmasligimni direktor o‘rinbosariga aytgandim va u (hech qanday porasiz) rozi bo‘lgandi. Hozir hammadan har kuni kelishni talab qilyapti, kelmasa maosh yozmayman deyapti. Men yoniga kirib, nima qilay desam, siz bilan boshidan kelishganmiz deydi, har kuni kelishingiz shart emas deyapti. Agar maoshim halol bo‘lsa, bu kelishuvning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol. 2). Joiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol. 2). Joiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom