Go‘sht masalasida
Assalamu alaykum aziz ustoz! GO‘SHT MASALASIDA. Dinimiz yo‘lida qilayotgan xarakatlaringizni Alloh o‘zi munosib taqdirlasin. Ustoz sizga quydagi savolim bor edi. Asaka shaxridagi GM Uzbekistan zavodidan yiliga, 100-150 ta ishchilarimiz malaka oshirgani Janubiy Koreadagi GM Korea zavodiga kelishadi. Menxam shularning qatorida kelganman. Meni qiynayotgan masala shuki, bizni xar kuni ikki maxal issiq ovqat bilan taminlaydi. Anashu ovqatlarga qo‘shilayotgan go‘sht, bismillah ni aytib so‘yilganmikan degan gumon paydo bo‘ldi. Bu borada boshliqlarga murojaat qilsam ular bu go‘shtlar avval Avstraliyadan kelar edi deyishmoqda. Bu go‘shtlardan hoji akalar xam tanavvul qilishgan degan gaplarni aytishdi. Bundan ortiq xech bir aniq malumot ololmadim. Menku 3oy dan so‘ng yurtimizga qaytaman, inshaalloh. boshqa maxsulotlarni tanavvul qilib o‘tkazib olaman. Lekin qolgan va keladiga musulmon birodarlarimni o‘ylamaoqdaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Go‘shtning halolligi hoji akalarning tanovul qilganiga qarab belgilanmaydi. Uni o‘sha erdagi kishilardan so‘rab bilish kerak. Ular javob bermasa, islom tashkilotlariga murojaat qilish kerak.
5 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom