Silam raximni uzmadimmi

Assalomu alaykum! Farzand ko‘paytirish maqsadida ikkinchi xotinga uylandim. Akamlar katta xotinimga gap o‘rgatib urush chiqardi va u ketmoqchi bo‘ldi. Xamma keldi, akamlar xam, men katta akamga oilamni buzishni o‘rniga yarashtirib keting, agar buzsangiz bolalarimni ko‘z yosh uradi dedim. Shundan beri xafa, salom bersam alik olmaydi, men ibodatdaman. Akam 70dan oshgan, aroq ichadi. Men silai raximni uzgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salom berib turgan bo‘lsangiz, siz uzgan bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 137 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar