Taqinchoqlardan zakot

Assalomu alaykum! Mo‘minning najoti mufassal zakot kitobidan o‘qib qilgan xulosalarim to‘g‘rimi? 1) Bir ayolda 88 gr tilla taqinchog‘lari bor. 88 gr ni hammasi tilla emas hozirda toshlariniham qo‘shib hisoblab sotilyapti. Shundan toshlarisiz masalan 70 gr tilla. 85 gr ga etmadi demak bu ayolga zakot farz emas, to‘g‘rimi? 2) Lekin bu taqinchoqlarni(88 gr toshlari bn) narxi hozirgi zakot nisobi 27 mlndan ko‘p bo‘lsaham, masalan 35 mln so‘m bo‘lsa tushunishim bo‘yiTcha bu xolatda ham zakot farz emas to‘g‘rimi? 3) Yana bir ayolda toshlarini gramini ayirsa 87 gr tillasi qolyapti. Bu ayolga zakot farz bo‘lgani un taqinchoqlarini zakotini bermoqchi. Tushunishim bo‘yicha agar zakotni tillada bermoqchi bo‘lsa 87 gr ni 2,5 % ni beradi. Agar pulda bermoqchi bo‘lsa obshiy bozordagi(bozorda toshlari bn hisoblaydi) narxini 2,5 % ni beradi to‘g‘rimi? 4)Yana bir ayolda nisobga etmagan puli va nisobga etmagan tilla taqinchoqlari bor. Lekin taqinchoqlarini narxi bilan pulni qo‘shsa nisob egasi bo‘lsa bu ayolga zakot farzmi? Yoki tillasi nisobga etmagani uchun farz emasmi? 5)Yuqoridagi(4) holatda tillasi nisobga etganida, zakotni tillada bermoqchi bo‘lsa nisobga etmagan pulidan zakot chiqarmaydi, agar pulda bermoqchi bo‘lsa taqinchoqlarini qiymatini naqd pullari bilan qo‘shib 1/40 beradi to‘g‘rimi? Yoki bu xolatda ham nisobga etmagan naqd pulidan zakot chiqarmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri.2). To‘g‘ri.3). Bozordagi tillani o‘rtacha narxida beradi.4-5). Ikkisni qo‘shganda nisobga etsa, zakot vojib.Savol: Qaysi narsalarda zakot vojib bo‘ladi?Javob: 85 gram tillosi bor yoki 595 gram kumushi bor kishilarga zakot vojib bo‘ladi. Qog‘oz pul yoki tijorat mollarining qiymati nisob tillo bilan belgilanadigan yurtlarda 85 gramm tilloning qiymatiga, kumush bilan belgilanadigan yurtlarda esa, 595 gram kumushning qiymatiga etsa, zakot vojib bo‘ladi. Bizning diyorlarda nisob odatda tillo bilan belgilangani uchun qog‘oz pullar tijorat mollari 85 gramm tilloning qiymatiga etsa, ulardan zakot vojib bo‘ladi. Shuningdek, biror kishida ozgina tillo, ozgina kumush, ozgina qog‘oz pul bo‘lsa, ularning barchasi qo‘shilsa, nisob (85 gramm tilloning qiymati)ga etsa, ulardan zakot berish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam! Ushbu linkdagi maqolani o‘qib chiqing: https://fiqh.uz/maqola/380

13 May 2022, 23:20 | Savol-javoblar | 170 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar