Chet davlatiga o‘tish uchun pul berish

Assalamu alaykum! Biz xozir Finlyandiya davlatida ishlayapmiz bu erga kelish uchun kimdir 3000 kimdir 5000ming kimdir 7000ming dollar to‘lab o‘tishimiz kerak bu pullarni biz shu finlyandiya davlatiga o‘tkazib qo‘yish uchun bir odamga beriladi. Bizda shu masala baxs munozaralarni keltirib chiqaryapdi. Kimdur bu pora, xarom deyabdi. Kimdur bu xalol finlyandiyaga ukazaniya uchun xizmat xaqqi deyapdi shunga shariat tarifidan echim topib beringlar iltimos. Bu erda oylik maosh katta, shuning uchun odamlar bunga rozi bo‘lib shu pulni berib bu erga ishlagani kelyapdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savolni juda mavhum qilib beribsizlar. Pulni olayotgan o‘sha odam qanday qilib sizlarni chet elga yuboradi? Biror joyga pora berish orqali qonunni buzib shu ishni qilsa joiz emas. Viza olish uchun sizlarning o‘rningizga harakat qilib bersa, yoki taklifnoma qilib bersa bu ijaraga haq olish masalasi bo‘ladi. Noshar’iy ish aralashmasa joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar