Ota va qiz munosabati
Assalomu alaykum! Men 29 yosh qizman. meni otam bor ammo tushunishim bo‘yicha mani tu’ilganimdan mendan voz kechgan. chunki yoshligimdan 1 marotaba xam qizim diganini emas qarg‘ab lanatlab sokib urib va albatta mani foxisha nomi bilan chaqiradi. esimi taniganimdan buyon. otamni yomonlamoxchi yoki o‘zgartirmoxchi emasman. lekin aybim men qizbolaligim. o‘g‘il bo‘lmaganim ishlab pul topib bizness qimasdan boshqa odammlarni bolasidaka otami onamni orzu havasli bo‘maganim erga temaganim oa onamga hich nima qibermasdan uyda molga oxshab otami topganini eb otirgranim ekan. otam mandan norozi ketqizgan umri vaqti pulidan hozirda oq qivorish darajasidalar korgani kolari yoq iloji bosa uylarini bo‘sjhatib qoysam. man ishlardim Allohga qasam 18 yoshimdan to 2021 yil may oyiiiigagcha halol mexat qilib xatto kechasi 12gacha ishladim miq etmi odamladan oten kim san kkmassan digan gapi eshtsam ham sabr bilan indami ishladim otami hardoim yoshligimdan urib savalab kaltaklab qargap sokiishi natijasida duduq bo‘lib qoganman tuzatish o‘rniga rassa kalte eganman ozin aybdorsan iplos dudu dudlanma dip qarg‘ardilar. yoshligimda psixicheskiy travma bo‘lib, Bir umir aybdor bo‘lib qoldim odamlar mensimasligi xaqoratiga sazovor xattoki bita ish topomidigan bõlib qoldim. Yaqinda ishdan bõshadim chunki uzoq vaqt yarim kechasi 12gacha ishlab charchab qoldim shunga yarasha oyligim pas edi. Nolimiman hich biridan Alloh manga taqdiri dip indami keldim. Ammo uyda bolib ham ilim olib koproq ota onamni shu orzu havasi ha mayli dip chet elga ketish uchun ish qirish bilan bandaman shundayam uyimi ishini qilaman. Otam mani sokib qargidi noroziman buladan didi. Otam hatto biz qiz farzandlarga na kiyim na edirdi na bolaligimiz kordik indamadik ukam tugilib unga hamma natsa berdi va qildi. Ukam bor 18 yosh hozir u soat 16.00gacha uhlaydi kuniga 12 soatdan oshiq uyda hatto 1dona idishini yuvmaydi kuni faqat telefonda kino korish bilan otadi. Otamni vaqti kesa uradi hurmat qilmaydi okiradi umuman ishlamaydi ishlagisi yoq. Kasal emas. Lekin otam uni yaxshi koradi otam unga doim pul beradi ozi oqat qilib beradi hullas u farzand men esa nobakor. Opam bor opam turmush qurgan chet elda yashaydi shunda ham kiyov bola uyga muruvat korsatib pul jonatadi. Menga otam ishla disa u ishlama ayolar islomda ishlamidi diydi. Men buni hammasini biamlan. Otam bizni qiz boqandan it boqan yaxshi sanlani det domga berish kere dip kota qildi. Ukamni doda toycham asalim diydi. Savol: men qiz bola boshim bilan ota mexrini bolalik gashtini kormasdan otamni gazabiga duchor bolgan qiz qanaqa qilib oila boqay? Man xalol topganim kam edim. Nima qilay kimga boray aybim pulim bomagani qiz bolaligim. Alloh mani qiz bola qilib yaratgan bosa nima qiliy? Aybim gunohim nima shuncha narsa korishimga? Man umuman chunmiman otam mani tanlagan tugilishimga rozi bogan Allohi bu bergan sinovi man qanaqib qarshi chiqaman mayli u otam. Qizbolani vazifasi nima? Nega ota oz qizini 1marotaba ham bagriga bosmasdan qizim dimasdan lekin boqishi kerak? Sani kimam oladi san kimga keresan? Sani uzatmiman sanga pulim yoq diydi. Ukamga beradi. Mani oq qimoxchi bulani hammasi qanchalik to‘g‘ri? Nega jumada shuni maruza qimisizlar? Manyli mani holatimda bir nimani islom shariat korsatmasi bilan menga bir korsatma bering shundoq qilay. Man otami gunohi oziga uni bilan ishim yoq ozi javob beradi va buni man kechirmayman chunki be sabab shunchaki 29 yil azob berdi. Hozir pul topishimi talab qiladi. Man Allohdan qorqaman ayting nima qisam to‘g‘ri? Man qatga bori? Mani boshqa uyim yoq. Qarindoshlar hozir ozingizga malum kirgizadigan emas. Mani maslamda ham bir nima deng.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh otangiza insof bersin. Sizda hech qanday ayb yo‘q, ota ona farzandlariga birday mehr berib, taminotini qilib tarbiya berib katta qilishi farz, bolalar o‘rtasida ajratish juda katta gunoh, xususan qiz bo‘lganiga bunday muomila qilish johiliyatning odatlaridan. Islom ayolga u qizlik darida ham ayollik davrida ham onalik vaqtida ham huquqlarini taminlagan va mas’ul shaxslarni belgilagan, sizning holatingizda otangiz sizni boqish, ust bosh bilan taminlash bemor bo‘lsangiz davolash va mehr berib tarbiyalab katta qilishga mas’ul. Yaqinlardan otangizga gapi o‘tadigan insonlardan u odamga shu vazifalarini aytib qo‘yishini iltimos qiling. Albatta Alloh qalbingizga iymon nurini solgani katta ne’mat va shu iymon kuchi bilan shuncha yillik sinovlarga sabr qilibsiz. Alloh baxt bersin. Sizga do‘st, kelajagingiz bilan qiziqadigan opangiz pochchangiz bilan maslahat qilib yaxshi hayot sari harakat qiling, biror ilm olishga harakat qiling. Imkon bo‘lsa farzandlik huquqini himoya qiluvchi tashkilotga ariza yozib ko‘rgan zulmlarni javobini oling. Ruhiy holatingizni tushirmang, namoz va duo zikrlarni ko‘paytiring shu qalbga quvvat bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:51 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush