Bamdod o‘qiyotganda quyosh chiqib ketsa

Assalomu alaykum! Bomdod namoz oxirida sajdi sahv qilayotganda quyosh chiqib qolsa namoz buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصُّبْحِ قَبْلَ أَنْ تَطْلُعَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الصُّبْحَ وَمَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الْعَصْرِ قَبْلَ أَنْ تَغْرُبَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الْعَصْرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim quyosh chiqishidan oldin bomdoddan bir rakatni topsa, batahqiq, bomdodni topibdur. Kim quyosh botishidan oldin asrdan bir rakat topsa, batahqiq, asrni topibdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foyida va hukm ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.
Bir odam uzr tufayli bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o‘qib qolsa, quyosh chiqsa ham ikkinchi rakatini o‘qiyveradi. Va namozi vaqtida o‘qilgan namoz hisoblanadi. Qazo bo‘lmaydi.
Shuningdek, bir kishi kech qolib, asrning bir rakatini o‘qiganidan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom ettirib o‘qiyveradi. Namoz tugal bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar