Birovga yomonlik qilmay xalol yurish 5 maxal namozdan afzalmi

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan bir masalada doim baxslashamiz, do‘stim aytadiki xalol to‘g‘ri inson bo‘lib yursang birovni xaqini emasang birovga yomonlik qilmasang asosiysi shu deydi. Alloh uchun 5 maxal namoz o‘qigandanda savobi ustun odamni shu amallari deydi. Men esa namoz o‘qimagan gunoxkor odam qanchalik xalol to‘g‘ri bo‘masin namoz o‘qimagani uchun oxiratda javob beradi deyman, lekin u qo‘shilmaydi gapimga va faqat juma namozlariga boradi. Shu borada nima dsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytar ekansiz. Namozni Alloh farz qilgan, bir odam 10 asr tinmay yaxshilik qilib qalbi pok bo‘lsa ham farz namozini bir kichik amalini ham o‘rnini bosolmaydi. Namozni qoldirganlar jazosi uchun aytilgan oyat bor.  Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. Alloh taolo "Maa’uun" surasida marhamat qiladi:   فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.

Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝ 47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar