Haromni Alloh abul qilmasligiga dalil keltiring
Assalomu alaykum! Harom kapital haqidagi savolni o‘qib, qolgandik, yani qiyomatda bir kishi barcha yahshiliklar bilan keladi, ammo amallari habata qilinadi, Chunki daromadini asosi nopok, harom bo‘ladi, shuni boshqalarga ham etkazsak, ular buni dalili qanday yani oyatmi hadismi desa qanday javob beriladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَنفِقُواْ مِن طَيِّبَاتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّا أَخْرَجْنَا لَكُم مِّنَ الأَرْضِ وَلاَ تَيَمَّمُواْ الْخَبِيثَ مِنْهُ تُنفِقُونَ وَلَسْتُم بِآخِذِيهِ إِلاَّ أَن تُغْمِضُواْ فِيهِ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 267. Ey iymon keltirganlar! Kasb qilgan narsalaringizning pokizalaridan va Biz sizlarga erdan chiqarib bergan narsalardan nafaqa qilinglar. Nafaqa qilganingizda nopokni ko‘zlamang. Holbuki, uni o‘zingiz ham undan ko‘z yummay turib oluvchi emassiz. Va bilingki, albatta, Alloh behojatdir, o‘ta maqtalgandir.
Oyatdagi «Kasb qilgan narsalaringizning pokizalaridan va Biz sizlarga erdan chiqarib bergan narsalardan nafaqa qilinglar».
Bu ta’rif mo‘minlarning qo‘liga tushadigan barcha turdagi molu mulkni – avvalo, o‘zlari kasb qilib topgan halol, pok rizqlarini, so‘ngra Alloh erdan chiqarib bergan ziroatlar, konlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Pok narsadan sadaqa qilishga amr qilindi, lekin masala nihoyatda ahamiyatli bo‘lganidan yana ta’kidlanmoqdaki:
«Nafaqa qilganingizda nopokni ko‘zlamang».
«Va bilingki, albatta, Alloh behojatdir, o‘ta maqtalgandir».
Alloh boy bo‘lganidan keyin Uning yo‘lida qiladigan sadaqangiz o‘shanga yarashgudek bo‘lsin. Alloh maqtalgan Zotdir, O‘zining yo‘lida sadaqa qilganlarni U ham maqtaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:«Ey odamlar! Albatta, Alloh azza va jalla Pokdir va faqatgina pokni qabul qilur. Albatta, Alloh azza va jalla mo‘minlarga rasullarga amr qilgan narsani amr qildi: «Ey rasullar! Pok narsalardan englar va solih amal qilinglar», dedi. Va yana: «Ey iymon keltirganlar! Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan englar», dedi».
So‘ngra zikr qilib dedilar: «Bir kishi uzoq safar qiladi. Ikki qo‘lini cho‘zib: «Ey Robbim, ey Robbim», deydi. Horib, charchagan, changu g‘uborga burkangan. Holbuki, taomi haromdir, sharobi haromdir, libosi haromdir, haromdan g‘izolangandir. Bas, qanday qilib unga ijobat qilinsin».
Bag‘aviy va Ibn Asokir rivoyat qilishgan. («Halol ochiq-oydindir harom ochiq-oydindir» kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom