Til ofatlari

Assalomu alaykum! Tilim bilan yaqin kishilarimga ko‘p ozor bergan ekanman. Meni tarbiyalashda qaerda kamchilikka yo‘l qo‘yishgan? Odamlarga til bilan ozor berishimni sababi nima? Nega aynan shu dardga mubtalo bo‘lganman. Bu yillar davomida davom etib kelayotgan dard. Ertaga farzandim ham menga o‘xshashini istamayman. Hozir Ruhiy Tarbiya kitobini o‘qib o‘zim ustimda ishlayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozir kuch-quvvatingiz borida uni engib tashlang. Surunkali bo‘lib qolsa keksaygan holingizda engishingiz qiyin bo‘ladi. Tilingizni zikrga o‘rgating. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 159 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar