Qanday qilib turmushimni saqlab qolishim mumkin?
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan oilamizni saqlab qolish niyatimiz bor. Ammo qaynonam va qaynotam bunga qarshi. O‘rtamizda farzand yo‘q, lekin bir-birimizdan voz kechkimiz xam yo‘q. Ammo qaynonam va qaynotam erim men bilan ajrashgisi yo‘qligini yashash niyati borligini aytganida qaynonam va qaynotam voz kechasan ajrashasan va boshqa xotinga uylanasan deb aytishibdi. Agar xotining bilan yashash niyating bo‘lsa oq qilamiz oqpadar bo‘lasan deb shart qo‘yishibdi. Shuning uchun xam turmush o‘rtog‘im menga kelib “Seni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman, seni sevaman. Ayolim bo‘lsang xam lekin ota-onamni norozi qilib sen bilan yasholmayman. Ota-onam oq qilmasligi va oqpadar bo‘lmasligim uchun sen bilan ajrashishga majburman” deb aytdi. Va men bilan ajrashib, boshqa xotinga uylanib, men bo‘lsa ajrashganimizadan 1oy o‘tib yana shariy nikohdan o‘tib yashashini aytdi. Shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar farzand ko‘rolmaslik aybi sizda bo‘lsa xudbinlik qilmang. Uylanishiga ochiq ko‘ngillik bilan ruxsat bering. Agar eringizdan bo‘lsa bu dunyodan nasl qoldirmasdan o‘tmang. Siz ham boshqasi bilan turmush quring, shoyad Alloh sizga qiyomatgacha ortingizdan duo qiluvchi nasl nasib qilsa. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush