Shar’iy va taqvoli hayot
Assalamu alaykum va rohmatullahi va barokatuhu uztozlar. Bilaman bu savolim judayam kop marta berilgan va uning javobi judayam oddiy: “Tarkibi halol bolsa, halol, halol bolmasa halol emas” Bizning hikoyamiz: Biz yaqinda uzoq muddatli chet el hayotidan O‘zbekistonga qaytib keldik. Chet elda, ko‘chada ovqatlanmas, hatto nonni ham duxovkada tayyorlab er edik. Lekin bu erga kelganimizda vaziyat boshqacharoq ekan, mehmonlar kelishi bor, biz mehmonga borishimiz bor va ho kazo. Bu erde hamma nonga margarin qoshilar ekan, biz dokonlardan, nonvoyhonalardan margarinni tarkibini korib olishni sorasak, ularga sal malol kelgandek tuyilyabti va yaqqol korinib turibtiki deyarli hech kim bu narsani sorashmaydi. Bazi margarin karobkalarida tarkib ham yozilmagan ekan! O‘zimizga qolsaku mayli buxonka eyishimiz judayam onson va bunga rozimiz, lekin mehmonlar kelganda, non ob kelishadi, yoki biz mehmonga borsek oldimizga non, pishiriqlar qoyishadi. Demak yoki emaslik kerek, yoki tarkibini sorashimiz kerek. Ikkala vaziyatlardayam sal odobsizlik qilayotgandek tuyulyabmiz o‘zimizgayam ulargayam. 1) Yoki biz haqiqiy taqvodor O‘zbeklarni ko‘rmaymiz, bilmaymiz, yoki O‘zbekistondegi juda kopchilikni taqvosi chuqur emas, va yoki biz haddan ziyod chuqurlashib ketyabmizmi? Uchchalasidan bittasi bo‘lsa kerek, shu vaziyatni bizga ozgina yoritib berselar degandik, yoki bolmasa sizlarning hayat tarzingiz qanday? Biz ham shunga qarab moslashar edik. 2) Islom dini engillik dini, va boshqalarga yoksak odob namoyon qiladigan din, biz engillikni ogirlashtirib, odobsizlashib qolmayabmizmi? Bilaman savollarim juda kopayım kopayib ketdi. Bizga bu xolatimizni izohlab, va endilikda nima qilishimiz kerek ekanligiga maslahat berselar katta yordam qilgan bolar edinglar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zbekiston siz o‘ylaganchalik shubha yoki haromga botib ketmagan. Bu erdagi margarinlarga ham cho‘chqa yog‘i qo‘shilmaydi. Juda shubhalansangiz turkiyadan kelgan margarinlarni surishtirib ishlatishingiz mumkin. Non va non mahsulotlarini aksariga ham harom narsa aralashtirilmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zbekiston siz o‘ylaganchalik shubha yoki haromga botib ketmagan. Bu erdagi margarinlarga ham cho‘chqa yog‘i qo‘shilmaydi. Juda shubhalansangiz turkiyadan kelgan margarinlarni surishtirib ishlatishingiz mumkin. Non va non mahsulotlarini aksariga ham harom narsa aralashtirilmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush