Odamiga qarab sotish

Assalomu alaykum! Men hozir bir do‘konda ishlayman. Do‘konga har xil odamlar kelishadi boy va kambag‘al. Shunaqa paytda bitta mahsulot narxini ikkita odamga ikki xil aytsam bo‘ladimi? Masalan boyrog‘iga qimmatroq, kambag‘alga esa arzonroq. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boyga o‘z narxida kambag‘alga narxidan tushirib sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar